18:09 / 05.09.2015
2765

“Milan” bosh murabbiyi Balotellini parhezga kirgizdi

Italiyaning “Milan” jamoasi bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich hujumchi Mario Balotellini parhez tutishga majbur qilmoqda. Bu haqda The Telegraph nashri yozmoqda.
“Mario yaxshi shug‘ullanmoqda, ammo unda 3 kg ortiqcha vazn bor. Ayni paytda u parhezga kirgan va faqat tayyor bo‘lganida maydonga tushadi”, - dedi mutaxassis.
“Milan” Balotellini “Liverpul”dan 1 yilga ijaraga oldi. Futbolchi 2014 yilda “Milan”dan “Liverpul”ga 16 mln funt sterlingga o‘tgan edi, ammo u Angliya jamoasi tarkibida yaxshi o‘yin namoyish eta olmadi.

Top