16:28 / 05.09.2015
9171

Bektemir Meliqo‘ziyev va Hasanboy Do‘smatov - Osiyo chempioni!

Bugun, 5 sentabr kuni Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati final bahslari o‘z nihoyasiga yetdi. Unda finalga yo‘l olgan yetti nafar o‘zbekistonlik bokschining ikki nafari — Bektemir Meliqo‘ziyev hamda Hasanboy Do‘smatov oltin medalga sazovor bo‘ldi.


Final bahsida 75 kg vazn toifasida ringga chiqqan Bektemir Meliqo‘ziyev raqibi Havaskor bokschilar xalqaro assotsiatsiyasi vakili Krishan Vikasni mag‘lubiyatga uchratdi. Yana bir bokschimiz Hasanboy Do‘smatov esa -49 kg vaznda filippinlik Rogen Ladonga oltin medalni qo‘lga kiritish uchun imkoniyat qoldirmadi.

Hasanboy Do‘smatov

Murodjon Ahmadaliyev

Shuningdek, finalga yo‘l olgan Shahobiddin Zoirov (-52 kg), Murodjon Ahmadaliyev (-56 kg), Fazliddin G‘aipnazarov (-64 kg), Elshod Rasulov (-81 kg), Rustam To‘laganov (-91 kg) kumush medallar bilan kifoyalanishdi.

Fazliddin G‘aipnazarov

Rustam To‘laganov

Top