15:15 / 05.09.2015
3715

Bentley’ning birinchi yo‘ltanlamasi 301 km/soat tezlikka chiqdi

Bentley kompaniyasi YouTube’dagi kanalida Bentayga yo‘ltanlamasi prototipining sinov sayri qayd qilingan videolavha joylashtirdi. Poligonda o‘tgan sinov chog‘ida mashina 301 km/soat tezlikka chiqarildi.

Kompaniya rasmiylarining ta'kidlashicha, ularning ishlanmasi dunyodagi eng tez yo‘ltanlamasga aylanadi. Bentayga’ning top versiyasi Volkswagen kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan l li benzinli W12 6 tvin-turbo agregati bilan jihozlanadi. Motorning may oyida bo‘lib o‘tgan taqdimoti chog‘ida uning quvvati 608 ot kuchiga teng bo‘lishi aytilgan edi.

Yo‘ltanlamasning eng tezkor modifikatsiyasi old bamperlari, yon dizayni va orqa spoylerlari bilan farqlanib turadi.

Top