Finlyandiya bosh vaziri Yuxa Sipili qochqinlarni o‘z uyiga joylashtirishga tayyorligini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Sipilining so‘zlariga qaraganda, u o‘zining Kempeldagi uyini berishga tayyor, chunki keyingi yil boshidan Xelsinkida yashay boshlaydi.
Bosh vazir boshqa fuqarolarni ham qochqinlarga yordam berishga chaqirdi.