Germaniya rahbariyati yaqin orada mamlakatga yana 10 ming nafar qochqin kelishini kutmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Yaqinda Avstriya va Vengriya chegarasiga 4 ming qochqin yetib kelgani xabar qilingan edi. Ulardan bir qismi Germaniyaga yo‘llanadi.
Ayni paytda politsiya va mahalliy hokimiyat vakillari qochqinlar oqimini qabul qilib olish borasida hamkorlikdagi chora-tadbirlar rejasini tuzib chiqmoqda.