06:43 / 05.09.2015
3517

Honda kompaniyasi Qozog‘iston va Rossiyani tark etdi

Yaponiyaning Honda kompaniyasi Qozog‘iston va Rossiya bozorlarini tenge va rublning qadrsizlanishi bois tark etdi. Kompaniya Qozog‘istonga oxirgi mashina va mototsikllarini 2015 yilning boshidayoq yetkazib bergan edi, Rossiyaga oxirgi mashinalar, jumladan Acura markasi modeli, dekabrning oxirida yetkaziladi, deb xabar bermoqda Motor.kz nashri.

Kompaniyaning Moskvadagi vakolatxonasi ko‘p sonda o‘z xodimlarini qisqartirmoqda. Kelajakda ehtiyot qismlar yetkazilishi va kafolat siyosati uchun javob beradigan faqatgina kichik bir jamoa qoladi. Kompaniyaning bu bozorlardan ketishi valyutalarning qadrsizlanishi va import qilinuvchi mashinalarga naxrning oshib ketishi sababli talabning pasayishi bilan shartlanmoqda.

Qozog‘istonda 2014 yil davomida 425 ta avtomobil, joriy yilda esa 200 ta avtomobil sotilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyada Honda avtomobillarining savdosi 78 foizga tushib ketgan (2742 avtomobil). O‘tgan yillar bir yilda sotiladigan avtomobillar soni 20 mingtaga yetar edi. 2008 yilda esa rekord darajadagi 89 mingta Honda avtomobili sotilgan edi.

Top