06:14 / 05.09.2015
2606

Ispaniya bosh vaziri: Yevropa Ittifoqiga umumiy migratsion siyosat zarur

Yevropa Ittifoqiga butun Yevropa qit'asini qamrab olgan migratsion inqirozni hal qilish uchun umumiy migratsion siyosat zarur. Bu haqda Madridda Ispaniya hukumati raisi Mariano Raxoy Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron bilan birga bergan matbuot-anjumanida aytib o‘tdi.

“Yevropa Ittifoqining ustuvor vazifasi odamlarni qutqarish hisoblanadi” deb aytdi Ispaniya bosh vaziri va “Yevropada yuz berayotgan fojiaga o‘xshash voqealarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaslikka” chaqirdi.

“Bizga migratsiya va boshpana berish masalalari bo‘yicha umumiy siyosat zarur”, deb aytdi Raxoy va “Yevropa xalqaro qonunchilik me'yorlariga ko‘ra bunga haqli bo‘lgan hech qaysi bir odamga boshpana berishdan bosh tortishi mumkin emas”, deb qo‘shimcha qildi.
Ispaniya bosh vaziri “inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish” va taqib qilinayotganlarga yordam berish Yevropa Ittifoqining “ma'naviy qarzi” ekanligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Raxoy, shuningdek, Ispaniya qirolligi Yevropa Ittifoqi oldida qochqinlarni mamlakatda joylashtirish bo‘yicha barcha majburiyatlarini bajarishini ta'kidlab o‘tdi.

Top