10:54 / 05.09.2015
10061

KUN.UZ dayjesti: 4 sentabrda ro‘y bergan eng qiziqarli yangiliklar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 4 sentabr kuni ro‘y bergan eng muhim va qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Ruscha “Zakovat” 40 yoshga to‘ldi>>

Bugun Rossiyaning mashhur “Kim? Nima? Qachon?” teleko‘rsatuvchi 40 yoshga to‘ldi.

Ko‘rsatuv Rossiya televideniyesi orqali 1975 yilning 4 sentabr kuni ilk bora namoyish etilgan edi.

Futbol bo‘yicha Italiya chempionati V seriyasida fair play harakatlari uchun yashil kartochka joriy etiladi>>

2015/16 mavsumida hakamlar futbol bo‘yicha Italiya chempionati V seriyasida fair play qoidalariga rioya qilgan futbolchilarga yashil kartochka ko‘rsatishni boshlaydi. Bu haqda Forza Italian Football portalida ma'lum qilindi.

IFA 2015: Lenovo kompaniyasi YOGA Tab 3 8" va 10" planshetlarini namoyish qildi>>

Lenovo kompaniyasi IFA 2015 ko‘rgazmasida namoyish qilgan yangi YOGA Tab 3 8" va 10" planshetlarining ikkisi ham ularga jurnal ko‘rinishini beradigan silindrik detalli an'anaviy dizayn, qurilmalardan turli rejimlarda foydalanish, stolda o‘rnatish va devorga osish imkonini beradigan teshikka ega orqaga tashlanuvchi taglik bilan jihozlangan.

«RAYHON»«Qoratosh» da>>

Milliy taomlarga muhabbati kuchli bo‘lganlar va taomlarning aslini yemoqchi bo‘lganlar uchun yana bir yaxshi yangilik. Poytaxtimizdagi “Qoratosh” ko‘chasida “Rayhon” nomli milliy taomlar kafesi ochildi. Istiqlolimizning 24 yillik to‘yiga to‘yona bo‘lgan “Rayhon” kafesida qo‘li shirin oshpazlar tomonidan mazali milliy taomlar tayyorlanmoqda. 

IFA 2015: ichida mini-printer o‘rnatilgan Polaroid Snap fotokamerasi>>

Polaroid kompaniyasi Berlinda o‘tayotgan IFA 2015 ko‘rgazmasida Snap deb nomlangan yangi qurilmasini namoyish qildi. 

Land Rover tirkamasi orqasidagi mashinalar va obektlarni ko‘rish texnologiyasini yaratdi>>

Yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilar haqida g‘amxo‘rlik qilish tendensiyasi va yo‘lda umumiy xavfsizlikni yangi texnologiyalar yordamida oshirish darajasi o‘smoqda: borgan sari ko‘proq avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar to‘ldirilgan reallikni o‘z modellarida qo‘llamoqdalar. 

Gorilla bolasi hayvonot bog‘ida bola bilan bekinmachoq o‘ynadi>>

Youtube portali foydalanuvchilariga AQShning Ogayo shtatidagi Kolambus hayvonot bog‘ida tasvirga olingan video xush kelmoqda.

Samsung kir yuvish paytida qo‘shimcha kir qo‘shish imkonini beruvchi kir yuvish mashinasi yaratdi>>

Berlinda bo‘lib o‘tayotgan IFA 2015 ko‘rgazmasida Samsung kirlarni yuvish paytida qo‘shimcha kir qo‘shish imkonini beruvchi kir yuvish mashinasini taqdim qildi. Bu haqda Samsung blogida ma'lum qilindi.

Xitoylik ayol lag‘mon yeyayotganda 15 santimetrli qoshiqni yutib yubordi>>

27 yoshli Van familiyali bu ayolning aytishicha, u qoshiqni tushlik paytida lag‘monga qo‘shib yutib yuborgan. Voqea tafsilotlari ma'lum qilinmagan. Biroq shifokorlar bunday holat tasodifan bo‘lishi dargumonligini aytishmoqda.

Top