11:08 / 05.09.2015
3121

O‘zbekiston delegatsiyasi “Markaziy Osiyoda suv va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari” konferensiyasida ishtirok etadi

2015 yilning 7-8 sentabr kunlari Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Abdusamatov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Berlin shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyoda suv va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari” vazirlar konferensiyasi ishida ishtirok etadi. Bu haqda TIV sayti xabar berdi.

Aytilishicha, Germaniya TIV va Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan tashkillashtirilayotgan tadbirga Markaziy Osiyo davlatlari, YeI, YXHT, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi va boshqa xalqaro tashkilotlarning delegatsiyalari taklif etilgan.

Top