07:34 / 05.09.2015
7671

Putinning qo‘lida mushuk bilan tushgan surati runet xitiga aylandi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qo‘lida mushuk ushlab tushgan surati 4 sentabrda runetda juda ommalashib ketdi.

Ushbu surat RIA “Novosti” muxbiri tomonidan Putinning Xakasiyaga tashrifi davomida olingan. Kreml matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Putin Krasnopole qishlog‘ida yong‘inlardan jabrlanganlarning yangi uylari bilan tanishib chiqqan.

Putin uylardan biriga kirib xonalarni ko‘zdan kechirayotganda mushukni ko‘rib, qo‘liga olib, uy egasi bilan suhbatni davom ettirgan.

O‘tgan yili Putin leopard saqlanadigan qafas ichiga kirib, hayvonlarni yaxshi ko‘rishi va ularni his qilishini aytgan. G20 sammitiga tashrifi paytida esa koala bilan birga suratga tushgan.

Putin hayvonlari yaxshi ko‘radi. Putin amur yo‘lbarsi va oq ayiqqa radiobo‘yinbog‘lar taqqan, ilmiy maqsadlarda oq kitga arbaletdan o‘q uzgan, Sochi milliy bog‘idagi qafasga leopard urg‘ochilarini qo‘yib yuborgan, idishdan buzoqlarga sut bergan. Putin ot minishni, it boqishni xush ko‘radi.

Top