15:44 / 05.09.2015
3974

Saudiya aviatsiyasi Yaman mudofaa vazirligini bombardimon qildi

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi xusiychilarga qarshi koalitsiya harbiy samolyotlari jangarilar nazorati ostida bo‘lgan Yaman poytaxni Sano shahridagi bir qator hukumat idoralari bombardimon qilindi, deya xabar tarqatdi Reuters agentligi.
Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, Yaman mudofaa vazirligi binosiga jiddiy shikast yetgan. Shuningdek, zarbalar prezident qarorgohi kompleksi hamda mamlakat maxsus xizmatlar lageri tomoniga ham yo‘llangan.

Top