16:17 / 05.09.2015
3262

Yamanda xusiylar bilan to‘qnashuvlarda 45 nafar harbiy halok bo‘ldi

Yamanning Mag‘rib viloyatida isyonchi xusiylar bilan to‘qnashuvlar davomida BAA va Bahraynning 45 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

BAA tashqi ishlar vazirining so‘zlariga qaraganda, askarlar xusiylar uchirgan raketaning aslahaxonalardan biriga kelib tushishi oqibatida halok bo‘lgan.
2015 yilning martidan buyon Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab davlatlari koalitsiyasi xusiylarga qarshi operatsiyalarni davom ettirmoqda. Koalitsiyaga BAA, Quvayt, Qatar, Bahrayn, Misr, Iordaniya va Sudan kiradi.

Top