12:37 / 06.09.2015
3291

Yevro-2016. Saralash bosqichi, G guruh: Rossiya Shvetsiyani mag‘lub etdi, Avstriya g‘alabaga erishib, o‘z mavqeini yanada mustahkamlab oldi

2016 yilgi Yevropa chempionatining saralash bosqichida G guruhining 7-turida Rossiya terma jamoasi Moskvadagi “Otkrytiye Arena” stadionida Shvetsiya terma jamoasi bilan uchrashdi hamda minimal ustunlik bilan g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona to‘pni 38-daqiqada Igor Smolnikovning uzatmasidan keyin Artyom Dzyuba kiritdi.

Yevro-2016. Saralash bosqichi, G guruhi. 7-tur
Rossiya – Shvetsiya – 1:0
Gollar: Dzyuba, 38 (1:0).
Ogohlantirishlar: Dzagoyev, 34; Kuzmin, 82 – Vernblum, 52.

Shuningdek, G guruhidan o‘rin olgan Avstriya-Moldaviya uchrashuvi Venadagi “Ernst Xappel” stadionida bo‘lib o‘tdi hamda mezbonlarning minimal ustunligi bilan yakunlandi.

Uchrashuvdagi yagona to‘pni 2-bo‘limning boshida Zlatko Yunuzovich kiritdi.

Avstriya – Moldaviya – 1:0
Gollar: Yunuzovich, 52 (1:0).
Ogohlantirishlar: Pryodl, 37 – Chebotaru, 25; Chebanu, 39.

Guruhning 3-o‘yinida Chernogoriya Lixtenshteynni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv Podgoritsada “Pod Goritsom” stadionida bo‘lib o‘tdi. To‘plarni uchrashuvning 1-bo‘limi oxirida Fatosh Bechiray, 56-daqiqada Stefan Yovetich kiritdi.

Chernogoriya – Lixtenshteyn – 2:0
Gollar: Bechiray, 38 (1:0); Yovetich, 56 (2:0).
Ogohlantirishlar: Marusich, 48 – Frik, 22; Vizer, 32.

7-turdan keyin G guruhidagi vaziyat quyidagicha ko‘rinish oldi: 1. Avstriya — 19 ochkov; 2. Shvetsiya — 12; 3. Rossiya — 11; 4. Chernogoriya — 8; 5. Lixtenshteyn — 5; 6. Moldaviya — 2.

Top