12:32 / 06.09.2015
13223

General Nazarzodaning ukasi taslim bo‘ldi

Tojikiston mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari, isyonchi general-mayor Abduhalim Nazarzodaning ukasi Mirzohayot Nazarov hukumat kuchlariga taslim bo‘ldi. Bu haqda mahalliy IIB matbuot markaziga tayangan holda Interfaks agentligi xabar berdi.
“Abduhalim Nazarzoda boshchiligidagi jinoiy guruh a'zosi bo‘lgan, 1972 yili tug‘ilgan Mirzohayot Nazarov guruhni tashlab ketib, hukumat kuchlariga taslim bo‘ldi”, - deyiladi rasmiy xabarnomada.
Ayni paytda uni taslim bo‘lishga undagan sabab ma'lum emas.
4 sentabr kuni Nazarov “jinoyatlar sodir etgani uchun” degan sabab bilan o‘z lavozimidan bo‘shatildi. Shundan so‘ng u akasining guruhiga qo‘shilgan edi.
Ayni paytda Nazarzoda o‘z tarafdorlari bilan Romitda yashirinmoqda. Uni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya davom etmoqda.

Top