14:53 / 06.09.2015
2478

Germaniya muhojirlarga 10 mlrd yevro sarflaydi

2015 yilda Germaniya hukumati muhojirlarni qabul qilishga o‘tgan yilgidan 4 barobar ko‘proq mablag‘ ajratadi. Bu haqda Frankfurter Allgemeine Sonntagszeitung nashri yozmoqda.
2014 yilda ushbu maqsadlarga 2.4 mlrd yevro sarflangan edi. Joriy yilda bu ko‘rsatkich 10 mlrd yevroni tashkil qiladi.
Ayni paytda Germaniya 800 ming muhojirni qabul qilishga tayyorlanmoqda. Bitta muhojirga ajratiladigan yillik mablag‘ 12-13 ming yevroni tashkil etadi. Bu pul ichiga, oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy, tibbiy yordamdan tashqari, nemis tili o‘rgatish darslari xarajatlari ham kiradi.

Top