11:09 / 06.09.2015
7963

KUN.UZ dayjesti: 7 sentabrda ro‘y bergan eng qiziqarli yangiliklar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 7 sentabr kuni ro‘y bergan eng muhim va qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Gorilla bolasi hayvonot bog‘ida bola bilan bekinmachoq o‘ynadi>>

Youtube portali foydalanuvchilariga AQShning Ogayo shtatidagi Kolambus hayvonot bog‘ida tasvirga olingan video xush kelmoqda. Videoda gorilla bolasi hayvonot bog‘iga tashrif buyurgan bola bilan bekinmachoq o‘ynagani tasvirlangan... batafsil / video.

Putinning qo‘lida mushuk bilan tushgan surati runet xitiga aylandi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qo‘lida mushuk ushlab tushgan surati 4 sentabrda runetda juda ommalashib ketdi... batafsil.  

Samsung kir yuvish paytida qo‘shimcha kir qo‘shish imkonini beruvchi kir yuvish mashinasi yaratdi>>

Berlinda bo‘lib o‘tayotgan IFA 2015 ko‘rgazmasida Samsung kirlarni yuvish paytida qo‘shimcha kir qo‘shish imkonini beruvchi kir yuvish mashinasini taqdim qildi. Bu haqda Samsung blogida ma'lum qilindi... batafsil. 

Saudiyada miltiqda uchayotgan erkaklar suratga olindi>>

Suratkash Muhammad al-Hayotiy Saudiya Arabistonida miltiqlarda uchayotgan erkaklarni suratga tushirishga muvaffaq bo‘ldi... batafsil / suratlar. 

IFA 2015da naycha qilib o‘rash mumkin bo‘lgan klaviatura taqdim etildi>>

IFA 2015 iste'mol elektronikasi ko‘rgazmasi doirasida LG kompaniyasi simsiz Rolly klaviaturasi taqdimotini o‘tkazdi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, konstruksiyasi tufayli LG Rolly’ni bemalol cho‘ntakda ko‘tarib yurish mumkin... batafsil. 

Ukrainalik o‘smirning tryuklari internet ahlini hayratga soldi>>

Ukrainalik 18 yoshli bloger Pasha Bumchikning YouTube videoservisida joylashtirgan videolavhasi 1 hafta ichida 3 mln kishi tomonidan tomosha qilindi... video. 

IFA 2015da barmoq izlari, ko‘z va ovoz skaneriga ega smartfon taqdim etildi>>

IFA 2015 iste'mol elektronikasi ko‘rgazmasi doirasida Xitoyning ZTE kompaniyasi biometrik himoyaga ega smartfoni taqdimotini o‘tkazdi... batafsil. 

Messi Janubiy Amerikaning barcha termalariga gol urgan birinchi argentinalik futbolchi bo‘ldi>>

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Boliviyaga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida (7:0) dubl muallifiga aylandi... batafsil. 

Moskva jamoat transportida yo‘l haqini telefon orqali to‘lash imkoniyati tug‘ildi>>

MTS, “Bilayn” va “Megafon” Moskva metropoliteni, shahar transport departamenti va “Briz Texnologii” MChJ bilan hamkorlikda Moskva jamoat transportida yo‘l haqini telefon orqali to‘lash xizmatini joriy qildi... batafsil. 

WhatsApp’ning 1 oylik auditoriyasi 900 mln foydalanuvchiga yetdi>>

WhatsApp messenjerining faol foydalanuvchilari soni o‘tgan oyda 900 mln kishiga yetdi. Bu haqda ilova asoschisi Yan Kum Facebook’dagi sahifasi orqali xabar qildi... batafsil.


Top