12:10 / 06.09.2015
2336

Lotin Amerikasidagi o‘rtoqlik uchrashuvlari: Chili Paragvayni, Braziliya Kosta-Rikani yutdi

Chili terma jamoasi o‘z maydonida o‘tkazgan o‘rtoqlik uchrashuvida Paragvayni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Chililiklar yarimhimoyachisi Felipe Guterres 8-daqiqadayoq o‘z jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq chililiklar 51-daqiqada va 53-daqiqada o‘z darvozalaridan ketma-ket ikkita to‘p o‘tkazib yubordilar. 64-daqiqada Guterres 2-to‘pini kiritib, hisobni tenglashtirdi. 82-daqiqada chililiklar hujumchisi Aleksis Sanches Chiliga irodali g‘alabani olib keldi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
Chili – Paragvay – 3:2
Gollar: Guterres, 8 (1:0); Fabbro, 51 (1:1); Benites, 53 (1:2); Guterres, 64 (2:2); Sanches, 82 (3:2).
Ogohlantirishlar: Isla, 78 – Fabbro, 39; Benites, 56; Peres, 61; Valdes, 77.

5 sentabrda AQShning Xarrison shahrida bo‘lib o‘tgan Braziliya va Kosta-Rika terma jamoalari o‘rtasidagi yana bir o‘rtoqlik uchrashuvining 10-daqiqasida “pentakampeonlar” hujumchisi Xalk uchrashuvdagi yagona to‘pni kiritdi.

Bu gol Xalkning 2014 yil iyundan beri terma jamoa safida kiritgan ilk goli bo‘ldi. “Zenit” hujumchisi Xalk oxirgi marta Panamaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida o‘z hisobiga to‘p yozib qo‘ygan edi.

Braziliyaliklar 2015 yilda o‘tkazgan barcha 5 ta o‘rtoqlik uchrashuvida Fransiya, Chili, Meksika, Gonduras va Kosta-Rika terma jamoalari ustidan g‘alaba qozondilar. 9 sentabrda braziliyaliklar AQSh terma jamoasi futbolchilariga qarshi yana bitta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadilar.



Braziliya – Kosta-Rika – 1:0
Gol: Xalk, 10 (1:0).
Ogohlantirish: Elias, 87 (Braziliya).

Top