18:03 / 06.09.2015
9149

Nazarzoda tarafdorlariga oyiga 100 dollardan berib turilganligi aytildi

Yaqinda isyonchi general Abduhalim Nazarzodaga tarafdorlikda gumon qilinib qo‘lga olingan zobitlar va IIV xodimlari undan oyiga 100 dollardan olib turgani aytildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ilgariroq mudofaa vazirligi desantchi brigadasi komandiri o‘rinbosari podpolkovnik Mustafo Nazarov va mudofaa vazirligi moliya boshqarmasi katta inspektori mayor Nasim Yusupov, huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari Bahodur Kabirov va Tojiddin Sobirovlar hibsga olingani xabar qilingan edi. Endilikda Nazarzodaning soqchilari Hurshed Xoliqov, Fozilbek Ayubov qo‘lga olingani xabar qilinmoqda. Ularning sherigi Fayzullo Abdulloyev harbiylarning taslim bo‘lish talabiga ko‘nmagani tufayli o‘qqa tutildi.
Aytilishicha, ular tayyorlanayotgan hujumlar haqida ma'lumotga ega bo‘la turib bu haqida rahbariyatni boxabar qilmagan.

Top