17:21 / 06.09.2015
4470

Qatar Airways’ga tegishli Boeing turbulentlik zonasiga kirib qolishi oqibatida 40 kishi jabrlandi

Qatar Airways kompaniyasiga tegishli Boeing samolyoti turbulentlik zonasiga kirib qolishi oqibatida 40 kishi jabrlandi. Bu haqda Filippin fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi xabar berdi.
Aytilishicha, samolyot Doxa-Manila reysini amalga oshirayotgan bo‘lgan. Manilaga yaqinlashga uchuvchi birinchi bo‘lib qo‘nishga ruxsat so‘ragan va buni borda jabrlanganlar borligi bilan tushuntirgan.
Voqea joyiga tibbiyot xodimlari yetib borib, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatmoqda.

Top