01:59 / 06.09.2015
3256

Runi Angliya terma jamoasi uchun eng ko‘p to‘p kiritgan Bobbi Charltonning rekordini takrorladi

2016 yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan San Marino-Angliya uchrashuvida “Manchester Yunayted” hujumchisi Ueyn Runi terma jamoa safidagi 49-golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Runi bu to‘pni uchrashuvning 13-daqiqasida 11 metrlik jarima nuqtasidan kiritdi. Uchrashuv inglizlarning 0:6 ko‘rinishdagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

Shu tariqa Runi ingliz futbolining afsonasi ser Bobbi Charltonning rekordini takrorlashga muvaffaq bo‘ldi.

Runi bu ko‘rsatkichga jamoa safidagi 105-o‘yinida erishdi. 1970 yilda o‘z faoliyatini yakunlagan Charlton esa 106 ta o‘yinda 49 ta to‘p kiritgan.

Top