07:45 / 06.09.2015
4041

Yamandagi aeroportning vayron bo‘lgan binosida yuzdan ziyodroq xorijiy askarlar jasadlari topildi

Yamandagi aeroportning vayron bo‘lgan binosida 103 nafar xorijiy askarning jasadi topildi, deb xabar bermoqda PressTV.

Aeroport Yaman qurolli kuchlarining raketa otishmasiga uchragan edi. Manbaning ma'lum qilishicha, 45 nafar BAA fuqarosi, 5 nafar Bahrayn fuqarosi tanalari shaxsi o‘rnatildi. Qolgan qurbonlar koalitsiyaga kiruvchi boshqa davlatlar fuqarolari ekanligi aniqlandi.
Yana 70 nafar harbiy yaralangani ma'lum qilinmoqda.

Bu orada 10 nafar saudiyalik harbiy halok bo‘lgani ma'lum qilinmoqda. Ular xusiychilarning Yamandagi qurol-aslaha omboriga hujumi oqibatida halok bo‘lganlar.

Ma'lum qilinganidek, Yamanning Mag‘rib viloyatida xusiychilar bilan qurolli to‘qnashuvlarda BAA va Bahraynning 45 nafar harbiysi halok bo‘lgan.

Top