21:40 / 07.09.2015
6409

“Mister Bin” sariq mashinaning tomida kursida o‘tirib London bo‘ylab sayr qildi

Mister Bin komedik obrazini ijro etgan britaniyalik aktyor Rouen Atkinson o‘zining qahramoni oboazida “Mini” rusumidagi mashinaning tomida kursida o‘tirgancha London bo‘ylab sayr qildi, deb xabar bermoqda The New Musical Express nashri.

Aktyor shu tariqa “Mister Bin” nomli mashhur komedik serialning 25 yilligini nishonlashga qaror qildi. Sayr davomida aktyor Sent-Djyeyms bog‘ida muzqaymoq xarid qilish va Bukingem saroyi oldida muxlisalari bilan suratga tushish uchun to‘xtadi.
Rouen Atkinson 1990-1995 yillar mobaynida chiqqan serialning 15 seriyasida, ikkita –“Mister Bin” (1997) va “Mister Bin hordiqda” (2007) to‘liq metrajli filmlarida rol ijro etgan.

Atkinson, shuningdek, 2012 yilgi Londondagi Olimpiya o‘yinlarida bu obrazida sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etgan.

Top