10:53 / 07.09.2015
3357

Assanj o‘zining yangi kitobida AQSh josuslik texnologiyalarining doimiy rivoji to‘g‘risida hikoya qildi

AQSh terrorizmga qarshi "Amerika urushi" deb nom olgan davr boshlanganidan buyon maxfiylikni saqlashga yo‘naltirilgan josuslik texnologiyalar sohasida “mislsiz sakrash”ni amalga oshirdi. Bu haqda Julian Assanjning bugun, 7 sentabr kuni Britaniya va Avstraliyada sotuvga chiqarilgan The WikiLeaks Files ("Vikiliks" fayllari”) nomli yangi kitobida aytib o‘tilgan.

Kitobda AQSh davlat departamentining WikiLeaks xodimlari qo‘liga tushgan ko‘plab qiziqarli ma'lumotlari o‘rin olgan.

Assanjning so‘zlariga ko‘ra, WikiLeaks saytining o‘zida “uzoq vaqt bahslashish mumkin bo‘lgan” ichki davlat ma'lumotlarining 2,3 mlndan ziyod ulkan zaxirasi mavjud.

Avstraliyalik muallif, shuningdek, “Amerika imperiyasi nuqtai nazaridagi dunyo” tagsarlavhali kitob olamning turli-tuman qismlaridagi AQShning asl faoliyati to‘g‘risida bilib olishga imkon berishiga ham e'tibor qaratib o‘tdi.

“Mazkur asar ilk marotaba geosiyosat haqida bilib olishimizga imkon beruvchi WikiLeaks`da e'lon qilingan millionlab hujjatlarni tahlil qilish qilish zaruriyati masalasini o‘rtaga tashlaydi”, – dedi dunyoga mashhur xaker.

Ma'lumot o‘rnida, WikiLeaks asoschisi 2012 yilning 19 iyunida uni jinsiy zo‘ravonlikda ayblayotgan Shvetsiyaga ekstraditsiya qilishlaridan qochib Ekvadorning Londondagi elchixonasidan siyosiy boshpana so‘ragan edi. Assanj o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblarni inkor qilib, bunga siyosiy maqsadlar sabab ekanini ma'lum qilgan. U o‘ziga AQSh davlat departamentining maxfiy ma'lumotlarini oshkor qilgani sababli chiqarilgan 35 yillik qamoq jazosi yoki josuslik qilgani uchun qonunga binoan o‘lim jazosi berilishidan xavfsiramoqda.

Ayni paytda Londondagi Ekvador elchixonasi atrofida binoni tark etishga uringan Assanjni qo‘lga olish uchun kunu tun uchta soqchi navbatchilik qilmoqda. Assanjning hisob-kitobiga ko‘ra, London navbatchi qismlar uchun har oyda 240 ming funt yoki 365 ming dollar mablag‘ sarflaydi.

Top