19:51 / 07.09.2015
3105

Buxoroda kurash bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi

Buxoroda O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlab kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda UzA xabar bergan.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tashkil etilgan turnirda O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston hamda Qirg‘izistondan kelgan 100 nafardan ziyod polvon o‘z vazn toifasida g‘oliblik uchun gilamga tushdi.

Qizg‘in kechgan bahslarda o‘zbekistonlik 16 nafar, Qozog‘iston hamda Qirg‘izistondan bir nafardan polvon turnirning finaliga yo‘llanma oldi.

O‘zbekistonlik polvonlardan birinchi bo‘lib Rahmon Jumayev gilamga tushdi. U qozog‘istonlik Saydali Eslijanni mag‘lubiyatga uchratdi.

Shuningdek, O‘zbekiston vakillari Shahram Ahadov, Abbos Jalolov, Ruslan Boltayev, Mirkomil Turobov, Erkin Doniyorov, Muhsin Hisomiddinov, ayollar o‘rtasida Nodira Gulova va Muhayyo Ibrohimova oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Top