11:10 / 07.09.2015
2281

"Chelsi" ham Marsyal uchun 80 mln yevro taklif qilgani ma'lum bo‘ldi

"Chelsi" jamoasi yozgi transferlar darichasining yopilishi arafasida "Manchester Yunayted" bilan yana bir futbolchi uchun raqobat qilgani aniqlandi.

Londonliklar Pedro Rodriges bilan bo‘lgani kabi Antoni Marsyalni ham "MYu"dan oldinroq "ilib ketish"ga urinib ko‘rishgan, lekin bunga vaqt yetmay qolgan.

Times nashrining yozishicha, "Chelsi" "Monako"ga 19 yoshli Antoni Marsyal uchun "MYu" bilan bir xil miqdordagi mablag‘ (darhol 50 mln yevro va keyinroq bonuslar ko‘rinishida 30 mln yevro) taklif qilgan, lekin bu transferning amalga oshishi uchun vaqt kamlik qilgan.

Qayd etilishicha, "Chelsi"dagilar bu yosh hujumchini avvaldan ko‘z ostilariga olib yurishgan va keyingi mavsumda uni sotib olishni mo‘ljallashgan. 31 avgust kuni "MYu" uning transferi uchun harakat boshlaganida, Londondagilar ham tezlik bilan bu jarayonga qo‘shilishgan, lekin bu safar "qizil iblislar" olg‘irroq chiqishgan.

Top