07:54 / 07.09.2015
3080

Yevro-2016 saralashining 3ta guruhida 8-tur o‘yinlari o‘tkazildi

6 sentabr oqshomida Yevro-2016 saralashi bosqichining A, V va N guruhlarida 8-tur o‘yinlari o‘tkazildi.

A guruhida Islandiya Qozog‘iston bilan 0:0 hisobidagi durang natijadan keyin guruhda muddatidan oldin kamida ikkinchi o‘rinni olish imkoniyatini ta'minladi va o‘z tarixida ilk marta Yevropa chempionatiga yo‘l oldi.
Shuningdek, bu turni safarda Latviyaga qarshi o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan chexlar ham turnirga muddatidan oldin chiqishdi.
Turkiyada mezbonlar va Gollandiya terma jamoasi o‘rtasida o‘tkazilgan muhim o‘yinda Fotih Terim shogirdlari 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Agar o‘rinlar keyingi 2 tur natijalariga ko‘ra o‘zgarmasa, Gollandiya 2016 yili Fransiyaga bormaydi.

Islandiya – Qozog‘iston 0:0 (0:0, 0:0)
Ogohlantirishlar: Gudmundsson (20), Jolchiyev (30), Nusirboyev (40), Suyumboyev (64), Logvinenko (70), Merkel (75), Gunnarsson (80).
Chetlatish: Gunnarsson (89).

Latviya – Chexiya 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 13 Limberski, 0:2 – 25 Darida, 1:2 – 73 Zyuzin.
Ogohlantirishlar: Maksimenko (45), Dubra (55).

Turkiya – Gollandiya 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 8 Oz'yaqub, 2:0 – 26 Turan, 3:0 – 85 Yilmaz.
Ogohlantirishlar: Turan (24), van Persi (36), van der Vil (62), Ozbayrakli (69), Balta (74), Oz'yaqub (75), Tufan (87).

 

V guruhida ham Uels va Belgiya terma jamoalari guruhdan chiqish masalasini deyarli hal qilishdi. 8-turda Uels Isroil bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi va ochkolari sonini 18taga yetkazib, guruh yetakchiligini saqlab qoldi. Safarda Kiprni 1:0 hisobida mag‘lub etgan belgiyaliklar esa 17 ochko bilan ikkinchi o‘rinda ketishmoqda. 6 sentabr kuni Bosniya va Gertsogovina Andorrani 3:0 hisobida yengdi, lekin bu terma jamoa birinchi va ikkinchi o‘rin uchun kurashdan chiqqan. Uchinchi o‘rinda 13 ochkoga ega isroilliklar, to‘rtinchi o‘rinda 11 ochko bilan bosniyaliklar joylashishgan.

Kipr – Belgiya 0:1 (0:0, 0:1)

Gol: 0:1 – 86 Azar.
Ogohlantirishlar: Antoniadis (47), Demetriu (61), Ikonomidis (73), Kompani (90).

Bosniya va Gertsegovina – Andorra 3:0 (3:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 14 Bichakchich, 2:0 – 30 Djyeko, 3:0 – 45 Lulich.
Ogohlantirishlar: Ibishevich (21), Martines (53), Ayyala (63), Xadjich (66), Rebes (71).
Chetlatishlar: Beshich (63), Rodriges Soriya (64).

Uels – Isroil 0:0 (0:0, 0:0)
Ogohlantirishlar: Dabur (18), Dasa (45), Dgani (56), Natxo (56), Richards (59), Biton (61), Robson-Kanu (79).

 

N guruhida esa saralash bosqichi yakunlanishiga 2 tur qolganida vaziyat chigallashgan. Shu paytgacha guruhda birinchilikni bermay kelgan Xorvatiya terma jamoasi safarda 0:2 hisobida norveglarga mag‘lub bo‘lgach, uchinchi o‘ringa tushib ketdi. Italiya esa o‘z maydonida Bolgariyani 1:0 hisobida yengib, ochkolari sonini 18taga yetkazgan holda birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ayni vaqtda Norvegiyada 16, Xorvatiyada 15 ochko to‘plangan. Bolgariya 8 ochko bilan 4chi o‘rinda qoldi. Guruh autsayderlari Malta va Ozarbayjon o‘rtasidagi bahs 2:2 hisobi bilan yakunlandi.

Norvegiya – Xorvatiya 2:0 (0:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 51 Berget, 2:0 – 69, avtogol Chorluka.
Ogohlantirishlar: Vrsalko (36), Forren (38), Brozovich (50), Toft-Soderlund (59), Olich (71), Xegli (75).

Malta – Ozarbayjon 2:2 (0:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 36 Amirguliyev, 1:1 – 55 Mifsud, 2:1 – 71 Effiong, 2:2 – 80 Amirguliyev.
Ogohlantirishlar: Effiong (45)


Italiya – Bolgariya 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 6, penalti de Rossi.
Ogohlantirishlar: Minev (58), Rangelov (80), Dyakov (85).
Chetlatishlar: de Rossi (55), Mitsanski (56).

Top