Hurmatli o'quvchilar, e`tiboringizga 6 sentabr kuni ro'y bergan eng muhim xabarlarni takroran havola etamiz.

Toshkentda yangi tramvay yo'li qurilishi boshlandi>>

Toshkentda sobiq “Tashselmash” zavodidan Aviaquruvchilar shaharchasiga boradigan yangi tramvay yo'li qurilish boshlandi.

 

IShIDning 2 qo'mondoni Iroq harbiylari tomonidan o'ldirildi>>

IShIDning 2 qo'mondoni Iroq harbiylari tomonidan o'ldirildi. O'ldirilganlar ichida 2 nafar qo'mondon ham bor. Bular asli saudiyalik bo'lgan, yangi jangarilar to'plashga mas`ul Muhammad Qosim al-Vohim hamda motobatalon qo'mondoni, asli saudiyalik Abdulla al-G'animiydir.


Tojikistonda Nazarzodaning yangi tarafdorlari qo'lga olindi>>

Tojikistonda isyonchi general Abduhalim Nazarzodaning tarafdorlarini qo'lga olish davom etmoqda.

 

Qatar Airways’ga tegishli Boeing turbulentlik zonasiga kirib qolishi oqibatida 40 kishi jabrlandi>>

Aytilishicha, samolyot Doxa-Manila reysini amalga oshirayotgan bo'lgan. Manilaga yaqinlashga uchuvchi birinchi bo'lib qo'nishga ruxsat so'ragan va buni borda jabrlanganlar borligi bilan tushuntirgan.

 

General Nazarzodaning ukasi taslim bo'ldi>>

Tojikiston mudofaa vazirining sobiq o'rinbosari, isyonchi general-mayor Abduhalim Nazarzodaning ukasi Mirzohayot Nazarov hukumat kuchlariga taslim bo'ldi.

 

Vengriya TIV: migratsion inqiroz sababi YeI siyosatchilarining mas`uliyatsizligidir>>

Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto migratsion inqirozning sababi sifatida ayrim yevropalik siyosatdonlarning mas`uliyatsiz bayonotlari va xatti-harakatlarini ko'rsatdi.

 

Qirolicha Yelizaveta II Britaniyaning butun tarixi davomidagi eng mashhur monarx deb tan olindi>>

Qirolichaga respondentlarning 27 foizi ovoz berdi. Bu ko'rsatkich mashhurlik borasida undan keyin kelayotgan ikki monarx to'plagan umumiy ovozdan ko'proqni tashkil qildi: 1533 yildan 1603 yilgacha hukmronlik qilgan qirolicha Yelizaveta I ga so'ralganlarning 13 foizi o'z ovozini berdi. XX asrning boshida o'z hukmronligini yakunlagan qirolicha Viktoriyaga esa 12 foiz respondentlar ovoz berdi.

 

Gretsiya AQShning talabiga ko'ra Rossiyaga o'z osmonini yopishdan bosh tortdi>>

5 sentabr kuni Gretsiyadagi AQSh elchixonasi Gretsiya hukumatiga Rossiya samolyotlariga Afina havo hududidan parvoz qilishni taqiqlashni so'rab murojaat qildi. AQSh rad javobini oldi, bunga sabab esa oddiy – greklar Rossiya bilan munosabatlarni buzishni istashmayapti.

 

Estoniya va AQSh Rossiya chegarasida harbiy mashg'ulotlar boshladi>>

AQShning 173-havo-desant brigadasi askarlari Estoniya mudofaa kuchlarining 2-piyoda brigadasi bataloni harbiy xizmatchilari bilan birga o'quv mashg'ulotlar boshladi.

Rim papasi Yevropa katoliklarini qochqinlarga yordam berishga chaqirdi>>

“Har bir diniy jamoa, har bir ibodatxona, har bir cherkov bittadan oilani qabul qiladi”, - dedi u Rimdagi Avliyo Pyotr maydonida bo'lib o'tgan ibodat chog'da.