15:35 / 07.09.2015
4116

Mahmud Namozov bolalari haqida: o‘rtamiyona bo‘lib hushtak eshitgandan ko‘ra boshqa sohaning ustasi bo‘lsin

O‘zbekiston xalq artisti Mahmud Namozov nega farzandlarini san'at sohasiga yaqinlashtirmaganini tushuntirib berdi. “Chunki san'atda o‘rtamiyonalik ketmaydi, - dedi u “Oila davrasida” nashriga bergan intervyusida.

– Bundan tashqari, san'atning yuki og‘ir. Har sohaning o‘z ustasi barmoq bilan sanarli. Bolalarim san'at yo‘lini tanlamoqchi ham bo‘lishdi. Ammo istamadim, boshqa sohalarga yo‘naltirdim. Chunki o‘rtamiyona bo‘lib hushtak eshitgandan ko‘ra, boshqa sohada o‘z ishining ustasi bo‘lib, olqish olgan ma'qul”.

“Tanlagan sohangizning chin egasi bo‘lmasangiz, ishdan zavq ololmaysiz”, - qo‘shimcha qildi san'atkor.

Top