13:39 / 07.09.2015
2115

Malayziya qirg‘oqlarida halokatga uchragan qayiq qurbonlari soni 61 kishiga yetdi

Kecha Malayziya qirg‘oqlariga Indoneziyadan kelayotgan qayiqning ag‘darilishi natijasida 57 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan edi. New Straits Times nashrining ma'lum qilishicha, bugungi kunda qurbonlar soni 61 kishini tashkil qilmoqda.

16 kishiga mo‘ljallangan qayiqda indoneziyalik 80 nafar noqonuniy muhojir ketayotgan edi. Ulardan 20 nafari omon qolgan.

Top