16:14 / 07.09.2015
3013

«Navbahor»-«Paxtakor» va «Neftchi»-«Bunyodkor» uchrashuvlari sanasi 19 sentabrdan 20 sentabrga ko‘chirildi

Oliy liganing 22-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - “Paxtakor” va "Neftchi" - "Bunyodkor" uchrashuvlarining sanasi o‘zgardi. Bu haqda O‘zbekiston professional futbol ligasi matbuot xizmati xabar bergan.

Mazkur o‘yinlar 19 sentabrga belgilangan edi. Biroq mazkur klublarning aksariyat futbolchilari terma jamoa yig‘inlariga jalb qilingani sababli har ikki o‘yin ham bir kun keyinga surilgan.

Shu tariqa, ushbu o‘yinlar 20 sentabrda bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Top