16:41 / 07.09.2015
3094

Nazarboyev benzin narxining o‘sishi haqida fikr bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Oqmo‘la viloyatida o‘tayotgan Agroforum doirasida qilgan chiqishida benzin narxining o‘sishiga munosabat bildirdi. “Aholi AI-92/95 rusumli benzin narxining o‘sishini to‘g‘ri qabul qildi.

Bu benzinning 30 foizini biz Rossiyadan xarid qilamiz. Agar shunday qilmasak, bir oydan keyin hammasi to‘xtaydi, umuman benzinimiz bo‘lmaydi. Bu iqtisodiyot qonunlari, hech narsa qilib bo‘lmaydi. Biz esa ochiq bojxona hududidamiz, bojxona yo‘q, chegara ochiq. Shu bois choralar ko‘rish kerak, bu to‘g‘ri tushuniladi degan umiddaman”, - uning so‘zlarini keltiradi KazInform agentligi.

Shuningdek, Nazarboyev tanga kursining beqarorligini “to‘g‘ri tushunish”ga chaqirgani xabar qilinga edi.

Top