16:45 / 07.09.2015
3154

Nazarboyev: Qozog‘istonda 14 mln ga yerdan foydalanilmaydi

Qozog‘istonda mutlaqo foydalanilmayotgan 14 mln ga yer bor. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Oqmo‘la viloyatida o‘tayotgan Agroforum doirasida qilgan chiqishida aytib o‘tdi.

“Biz asosiy resursimiz – yerimizdan samarador foydalanmayapmiz. Faqatgina 3ta viloyatimizda 3.5 mln ga umuman qo‘llanilmaydigan yer bor. Ijaraga olishgan, ishlatishmaydi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Umuman olganda mamlakatimizda 14 mln ga qishloq xo‘jaligi yerlari ishlatilmaydi, shu jumladan 5 mln ga yaylovlar ham”, - uning so‘zlarini keltiradi KazInform agentligi.

Shuningdek, Nazarboyev tanga kursining beqarorligini “to‘g‘ri tushunish”ga chaqirgani xabar qilingan edi.

Top