07:58 / 07.09.2015
3668

Poroshenko: Donbassdagi saylovlar Rossiyaning Minsk kelishuvlaridan voz kechishini anglatadi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko agar Donbassda saylovlar o‘tkaziladigan bo‘lsa, bu Rossiyaning Minsk kelishuvlaridan voz kechganligini anglatishini aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

“Agar “soxta” saylovlar o‘tadigan bo‘lsa, o‘t ochishni to‘xtatish tartibi buzilsa va katta miqyosdagi qarshi hujum tashkil etilsa... bu Rossiyaning Minsk jarayoni ostiga Rossiya prezidenti imzosini qo‘yib zimmasiga olgan majburiyatlardan voz kechganini anglatadi”, deb aytdi Poroshenko.

Top