09:14 / 07.09.2015
11583

Sunday Express: Qochqinlar qiyofasida Yevropaga 4 ming IShID jangarisi kirib oldi

Yevropaga qochqin qiyofasidagi 4 ming nafarga yaqin IShID jangarisi kirib oldi, deya yozmoqda Sunday Express nashri.

Gazetaning IShIDdagi anonim agenti ma'lumotiga asoslanib yozishicha, Yevropaga jangarilarni kiritish operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlangan.

Uning so‘zlarini muhojirlar ko‘rinishidagi o‘ndan ziyod jangarini Yevropa ittifoqiga o‘tkazishga yordam bergan ikki turk muhojiri ham tasdiqlashdi.

Avvalroq Vengriya chegarasi orqali Avstriyaga yetib kelgan suriyalik qochqinlar soni 15 ming nafardan oshgani ma'lum qilingan edi.

Top