15:46 / 07.09.2015
6230

Toshkentlik qallob ayol dugonasini Malayziyaga olib borib, 6 ming dollarga sotib yubordi

Toshkentlik qallob ayol dugonasini Malayziyaga olib borib, 6 ming dollarga sotib yubordi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar berdi.
Natalya Valentinovna ismli qiz puldan qiynalib qolib, dugonasi Olesya Borisovaga murojaat qilgan. U qizni Malayziyaga ishga yuborishini, u yerda Natalya barda raqsga tushib, oyiga 3 ming dollar maosh olishini aytgan. Bunday shartlarni eshitib, Natalya tezda Olesyaning taklifiga ko‘ngan.

Lekin Kuala-Lumpurga kelgach, Borisova dugonasiga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘la boshlagan. Dastlab uning pasportini tortib olgan, so‘ng Alixon ismli erkakka 6 ming dollarga sotib yuborgan. Alixon Valentinovani fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilgan. Bu holat 3 oy davom etgan.
Nihoyat, o‘zi ham musofir bo‘lgan bir xorijlik inson qizga rahm qilib, uni O‘zbekiston elchixonasiga olib kelib qo‘ygan. Valentinova O‘zbekistonga qaytarib yuborilgan. Uning guvohligi asosida Borisova qo‘lga olinib, jazoga tortilgan.

Top