23:06 / 07.09.2015
11419

Ulug‘bek Qodirov “Aka” filmi uchun 20 kg ga semirdi, “Baron” uchun yana 20 kg ga ozdi

Rejissyor Abduvohid G‘aniyev “Aka” nomli yangi filmni suratga oldi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.

Ushbu filmda bosh rollarni Akbarxo‘ja Rasulov va Ulug‘bek Qodirovlar ijro etdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, Ulug‘bek Qodirov filmdagi rolni olish uchun 20 kg vazn to‘plashga majbur bo‘lgan. suratga olish jarayonlari yakunlangach, aktyor Rustam Sa'diyevning “Baron” filmida ishtirok etish uchun yana 20 kg ga ozishiga to‘g‘ri kelgan.

Ushbu ma'lumotlarni “Aka” filmining ikkinchi rejissyori tasdiqladi: “Rost, Ulug‘bek Qodirov bu natijaga erishish uchun tinimsiz sport bilan shug‘ullandi, u boshqa aktyorlarga qaraganda o‘ziga topshirilgan ishga jiddiy qarab, sidqidildan bajarishga, kerak bo‘lsa, qisqa muddatda vaznini o‘zgartirishga ham tayyor turadigan fidoyi aktyorlardan”.

Top