22:59 / 07.09.2015
3100

Xitoyda Audi A3’ning “kloni” namoyish etildi

Xitoyning Zote markasi Audi Q3 ixcham yo‘ltanlamas mashinasiga o‘xshash yangi modelni namoyish qildi, deb xabar bermoqda “Avtosreda” nashri.

Ushbu Zote S21 avtomobiliga yorug‘lik-diodli optika, 160 ot kuchiga ega 1,5 litrli turbomotor, mexanik uzatmalar qutisi yoki variator o‘rnatilgan.

Xitoyda yangi mashina joriy yilning oxirida sotuvga chiqariladi. Nashrning ma'lumotiga ko‘ra, Zote markasi yaqin kelajakda Rossiya bozoriga chiqishni rejalashtirilmoqda.

Top