22:39 / 08.09.2015
2506

“Yevroset” yaroqsiz smartfon tufayli Samsung ustidan 150 mln rubllik da'vo arizasini topshirdi

“Yevroset Riteyl” kompaniyasi Rossiya Savdo-sanoat palatasidagi Xalqaro tijorat hakamlik sudiga “Samsung Elektroniks Rus Kompani” MChJ ustidan yaroqsiz smartfonlar yetkazib berilgani sababli 150 mln rubllik da'vo arizasi topshirdi. 

Da'vo arizasi ishlab chiqaruvchi tomonidan yetkazib berilgan mahsulotning yaroqsizlikning normal darajasidan ancha oshib ketganligi tufayli topshirilgan. 2015 yilning iyunida shu sabab tufayli “Svyaznoy”, “Yevroset”, “Megafon”, “Vympelkom” kompaniyalari Samsung smartfonlarini sotib olishni to‘xtatishgan.

Avvalroq “Yevroset” prezidenti Aleksandr Malis “Rambler.Novosti” nashriga bergan intervyusida “agar masala 25 avgustgacha hal bo‘lmasa” da'vo arizasi topshirilishini ma'lum qilgan edi. O‘shanda Malis da'voning taxminiy summasini 180 mln rubl atrofida bo‘lishini aytgan edi.

Top