16:07 / 08.09.2015
2599

”Beeline” aprel oyidan avgust oyigacha bo‘lgan faoliyatining yakunlarini sarhisob qildi

Aloqa operatori “Beeline” milliy matbuot-anjumani doirasida so‘ngi besh oy mobaynidagi kompaniyaning yutuqlari va asosiy yakunlarini sarhisob qildi. Matbuot xodimlarining diqqat-eʼtiborlari qaratilgan loyihalar “Smartfonlar uchun eng zo‘r operator” nomli taqdimotga birlashtirildi. Voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MChJ Bosh direktori Vladimir Petrov: “Bu so‘zlar oddiy bo‘lishiga qaramay, ularda chuqur ma'no va mazmun bor – chunki smartfonlar hozirda nafaqat zamonaviy gadjyetlar hisoblanadi.

Bu moslamalar biz siz bilan birga yashash baxtiga muyassar bo‘lgan yuqori tezlikdagi raqamli texnologiyalar davrini aks ettiradi. O‘ylaymanki, AKT Haftasi arafasida bu eng zarur bayonot: barchangizni ICTExpo ko‘rgazmasida uchratishga umid qilaman, “Beeline” stendiga tashrif buyurgan har bir inson taqdimotning sarlavhasida yozilgan jumlaning haqqoniyligiga amin bo‘lish imkoniga ega bo‘ladi”. OAV vakillari uchun o‘z chiqishida kompaniyaning tijorat direktori Maksim Yefremov so‘ngi davr mobaynida “Beeline” tomonidan joriy etilgan eng innovatsion va qiziqarli yechimlar haqida gapirib berdi. Kutilganidek, UZTE Grand V7 smartfoni bilan bog‘liq “Pullar qaytariladi!” aksiyasi va O‘zbekistonda ilk bor aviayo‘lovchilar uchun avialaynerlar bortida aloqani ta'minlab beruvchi “Yuqoridagi aloqa” loyihasi eng katta qiziqish uyg‘otdi. Bundan tashqari, yig‘ilganlar uchun “Unitel” tarmog‘ining hududlarga bo‘lingan tarmoq qoplami va sig‘imning kengayishi haqida batafsil texnik o‘zgaruvlar ko‘rsatilgan kartasi taqdim etildi. Birinchi ko‘rsatgich bo‘yicha “Beeline” geografiyasi 27% kengaygan Buxoro va Navoiy viloyatlari dadil yetakchilik qilsa, sig‘ìm o‘sishi tezligi bo‘yicha +65% ko‘rsatgich bilan Samarqand yetakchilik qildi. 

Top