09:35 / 08.09.2015
3036

Donbass Kiyevga ko‘mir yetkazmaydi

Tan olinmagan “Donbass xalq respublikasi” ayirmachilari o‘z nazoratlari ostidagi hududlarda qazib chiqarilgan ko‘mirni Ukrainaning qolgan qismiga yetkazmaslikka qaror qildi. Bu haqda mahalliy axborot agentligi xabar berdi.

Ayirmachilarning aytishicha, dastlab rasmiy Kiyev ularga yoqilg‘i va temir yo‘l transporti ehtiyot qismlari yetkazib berishni boshlashi lozim. Bu talab bajarilmaguniga qadar ko‘mir yetkazmalari masalasi to‘xtatib turiladi.

Top