00:01 / 08.09.2015
2273

Ericsson Mobility Report: Dunyo bo‘ylab ro‘yxatdan o‘tgan SIM-kartalar soni 7,2 mlrd.ga yetdi

Ericsson kompaniyasi 2015 yilning 2-choragi uchun Ericsson Mobility Report hisobotining navbatdagi nashrini taqdim etdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 1 aprelidan to 30 iyuniga qadar 53 mlndan ortiq yangi mobil ulanishlar qayd etilib, umumiy ulangan SIM-kartalar soni 7,2 mlrd.ga yetdi. Aslida dunyo bo‘yicha mobil aloqadan foydalanuvchi abonentlar soni 4,9 mlrd.ni tashkil qiladi, biroq ularning ba'zilari 2 va undan ko‘proq SIM-karta ishlatishadi.
Ushbu muddat ichida yangi abonentlar sonining ko‘pligi bo‘yicha Hindiston (12 mln) birinchi o‘rinni egalladi. Undan keyingi o‘rinlarni Myanma (5 mln), Nigeriya (4 mln), AQSh (4 mln) va Bangladesh (3 mln) egalladi.

Bundan tashqari, HSPA (keng polosali mobil internet) tarmoqlariga ulangan yangi abonentlar soni 140 mln nafarni tashkil qildi.

Shuningdek, LTE tarmog‘iga yangi ulangan abonentlar 115 mln.ni tashkil etib, ularning umumiy soni 740 mln.dan oshdi.

Mobil trafik oxirgi yil davomida 55 foizga o‘sib, hozirda dunyo bo‘ylab bir oy davomida mobil aloqa foydalanuvchilari 4 eksabayt (4 mln terabayt) trafik ishlatishmoqda.

Top