20:18 / 08.09.2015
2222

Karlo Anchelotti: “Ronaldu yana primeraning eng yaxshi to‘purari bo‘lishiga garov o‘ynashga tayyorman”

“Real”ning sobiq murabbiyi Karlo Anchelotti qirollik klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduni to‘purarlar poygasida qo‘llab-quvvatladi. 

“Ronaldu o‘tgan mavsumda 61 ta to‘p urdi, bu aqlbovar qilmas natijadir. Ispaniyaning Ronaldu va Messining o‘yinidan rohatlanishdek baxtga muyassar bo‘lish borasida omadi kelgan. Men Ronalduni yaxshi bilaman va u yana chempionatning eng yaxshi to‘purari bo‘lishi borasida garov o‘ynashga tayyorman”, deb ta'kidlamoqda Anchelotti.

O‘tgan mavsumda Krishtianu Ronaldu raqiblar darvozasiga 48 ta to‘p kiritib (penaltidan 10 ta) primeraning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. To‘purarlar ro‘yxatida 2-o‘rinni “Barselona” hujumchisi Lionel Messi 43 ta to‘p (penaltidan 5 ta) bilan egalladi.

Top