22:33 / 08.09.2015
4030

Masrur Usmonov o‘z filmida bosh rolni ijro etdi

O‘zbekistonlik xonanda Masrur Usmonov yangi suratga olinayotgan filmlardan biriga prodyuserlik qilayotgani ma'lum bo‘ldi. Bundan tashqari, ushbu filmda xonandaning o‘zi bosh rolni ham ijro etmoqda.

“Hozircha film haqidagi tafsilotlarni sir tutmoqdamiz, - dedi u “Darakchi” nashriga bergan ma'lumotida. – Ochig‘i, soddaligimdan foydalanadigan turli aldov, fitnalarga o‘ch insonlarga duch kelganim sabab ko‘nglimdagilarni ushbu film orqali aytishga qaror qildim. Filmdagi obrazim orqali insoniylik, mehr-oqibat tushunchalarining naqadar ustuvorligini ochib berishga harakat qildik”.

Top