11:22 / 08.09.2015
3115

Namanganda 30 avtomobilni noqonuniy oldi-sotdisini olib borgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Namanganda birovlarning mashinasini sotish bilan shug‘ullanuvchi firibgarlar guruhi qo‘lga olindi. Ular amalga oshirgan noqonuniy operatsiyalar hajmi bir necha mlrd so‘mdan oshadi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.

Ular naqd pul yetishmovchiligi tufayli ko‘pchilik avtomobil egalari mashinalarini bo‘lib to‘lash sharti bilan sotayotganidan foydalanib, avtomobil oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan va ko‘plab fuqarolarni chuv tushirgan.
Namanganlik yigit Toshknetdagi Sirg‘ali avtomobil bozorida bir kishining Spark rusumli avtomobilini 16 ming dollarga sotib olish taklifini oldi. U pulning 4 ming dollarini hoziroq, qolganini har oyda ming dollardan berib turishi kerak edi. u mashinani Namanganga keltirib, o‘z tanishiga 10 ming dollarga sotib yuborib, pulni mashinaning egasiga bermadi.

Vaqt o‘tishi bilan u jinoiy guruh shakllantirdi. Taxminan shu sxemada ular qo‘lidan 30ga yaqin avtomobil o‘tdi.
Ushbu ish bo‘yicha 4 shaxsga nisbatan jinoiy ish olib borildi va tegishli jazo belgilandi.

Top