19:07 / 08.09.2015
8906

O‘zbekiston terma jamoasi 2018 yilgi JCh saralashi doirasida Filippinni 5:1 hisobida yengdi

8 sentabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi Manila shahrida Filippin terma jamoasiga qarshi 2018 yilgi jahon chempionati uchun saralash o‘yinlarining ikkinchi bosqichi, 3-tur o‘yinini o‘tkazdi. 

Bu o‘yinning birinchi taymidayoq 3:0 hisobidagi ustunlik ta'minlandi. Birinchi taymda, Odil Ahmedov, Sardor Rashidov va Igor Sergeyev o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi. Ikkinchi taymda esa Sardor Rashidov va Igor Sergeyev yana bir martadan aniq zarba yo‘llashdi. Raqibning javob goliga esa ikkinchi taymda maydonga tushirilgan Shrok mualliflik qildi.

Shu tarqiqa, Samvel Babayan boshchiligidagi ikkinchi o‘yin ham g‘alaba bilan yakunlandi. 3 sentabr kuni Toshkentda Yaman terma jamoasi mag‘lub etilgandi. Ayni vaqtda O‘zbekiston terma jamoasi o‘z guruhida 3 o‘yindan 6 ochko to‘plagan holda ikkinchi bo‘lib turibdi.

JCh-2018 saralashi
Filippin - O‘zbekiston — 1:5
Gollar: Odil Ahmedov (1), Sardor Rashidov (14, 81), Igor Sergeyev (43, 65) - Shrok (69)
Filippin: Eseridj, Palla, Vudland (Aguinaldo, 46), Ramsey (Shrok, 46), Ott, Musag, Yangxazbend, Daysuki, Lyutsena, Patino, Martin
O‘zbekiston: Aleksandr Lobanov, Vitaliy Denisov, Yegor Krimets, Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Stanislav Andreyev, Aziz Haydarov, Odil Ahmedov, Server Jyeparov, Sardor Rashidov, Igor Sergeyev.

Top