17:43 / 08.09.2015
3510

Putin KXShT kollektiv xavfsizlik kengashi sessiyasida ishtirok etish uchun Tojikistonga keladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin KXShT kollektiv xavfsizlik kengashi sessiyasida ishtirok etish uchun Tojikistonga keladi. Bu Kreml sayti orqali xabar qilindi.
Tadbirda, undan tashqari, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston vakillari ishtirok etadi.

Ilgariroq Putin Tojikiston rahbari Emomali Rahmon bilan telefon muloqoti o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida u Moskva Dushanbeni yaqinda bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvlarda to‘laligicha qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi.

Top