Rossiya prezidenti Vladimir Putinning maslahatchisi Sergey Glazev G‘arb davlatlari sanksiyalari oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha hisobot tayyorladi.
U bergan tavsiyalar ichida valyuta savdosini cheklash va narxlarni muzlatib qo‘yish bor.
Uning hisoboti 15 sentabr kuni Rossiya xavfsizlik kengashi idoralararo komissiyasining yig‘ilishida taqdim etiladi.