14:15 / 08.09.2015
4156

Qirg‘izistonda chegara zonasini dron bilan tasvirga olayotgan avstriyalik qo‘lga olindi

Qirg‘iziston chegarachilari Tojikiston bilan chegara zonasida Avstriya fuqarosini qo‘lga oldilar. Bu haqda Qirg‘iziston davlat chegara xizmati matbuot kotibi Gulmira Bo‘ruboyeva ma'lumot berdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, u Tojikistondan Qirg‘izistonga o‘tgan, so‘ng chegara zonasini dron yordamida tasvirga tushirgan.
Shuningdek, unda suratga tushirish uchun ham, chegara zonasida bo‘lish uchun ham ruxsat beradigan hujjatlar bo‘lmagan.
Qo‘lga olingan chet el fuqarosi milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari qo‘liga topshirilgan. Ular voqea yuzasidan tergov ishlarini olib boradi.

Top