21:58 / 08.09.2015
11878

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik fuqaro otib ketildi

Sankt-Peterburgning Kalinin tumanida o‘zbekistonlik fuqaro otib ketildi. 

Ma'lum bo‘lishicha, 7 sentabrda tungi soat 01:00 atrofida tez tibbiy yordam xizmatiga Marshal Blyuxer ko‘chasidagi qurilish maydonchasida o‘qotar yaralanishga ega erkak haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yetib kelingach, jabrlanuvchi 36 yoshli o‘zbekistonlik muhojir ekanligi aniqlandi. Qurilish maydonchasidagi quruvchilar uchun mo‘ljallangan vaqtinchalik uychada noma'lum shaxs uning chov sohasiga o‘q uzgan. Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan.

Ushbu jinoyat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Top