20:56 / 08.09.2015
2639

Venesuela 20 ming muhojirni qabul qilishga tayyorligini ma'lum qildi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatning Yevropadan 20 ming muhojirni qabul qilishga tayyorligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Maduroning aytishicha, Yevropa Suriya, Eron va Afg‘onistondan qochayotgan katta sondagi muhojirlarni eplashga urinayotgan bir paytda Lotin Amerikasi davlati o‘zida 20 ming muhojirni joylashtirishi mumkin. 

“Insoniyat vijdoni uyg‘onishi uchun yana qancha arablar o‘lishi kerak?”, deb savol bilan murojaat qilmoqda Maduro va muhojirlar mamlakat farovonligi yo‘lida xizmat qilishini istashini bildirdi.

Avvalroq Yangi Zelandiya 750 nafar suriyalik qochqinni qabul qilishga tayyorligini ma'lum qilgan edi.

Top